Jamoasi 25:0 hisobida g'alaba qozongan jamoa murabbiyi ishdan olindi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2017, 15:18
Ispaniya yoshlar jamoasi 25:0 hisobida g'alaba qozonganidan so'ng, g'olib jamoa ustozi ishdan olindi.

"Beniklap C" jamoasini 3 iyun kuni juda yirik hisobda mag'lub etgan "Serrano B" ustozi o'z vazifasidan ayrildi.

Klub rahbariyatining fikricha, bu juda yirik hisob yoshlar darajasida o'yin ruhiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.

"Biz raqibni hurmat qilamiz. Ushbu natijadan so'ng, murabbiyni ishdan olishga qaror qildik" - deydi rahbariyat vakillaridan biri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka