Jaloliddinov: “Jamoaga to'liq moslashib oldim, ammo …”

Eldor Akmurzayev
8 sen 2020, 21:40
“Lokomotiv” safidagi debyutini Rossiya U-19ga (1:3) qarshi o'rtoqlik o'yinida o'tkazgan Jasur Jaloliddinov o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

U bahsni asosiy tarkibda boshlab, 62-daqiqada zaxiraga olingandi.

- “Lokomotiv” tarkibidagi ilk o'yiningni qanday baholaysan?

- Qiyin o'tdi. Jamoaga to'liq moslashib oldim, ammo hali o'z formamga qaytib olishim kerak. O'zbekiston chempionatida tanaffus bo'lgani sabab uzoq vaqt o'ynay olmadim.

- Bugungi harakatlaringdan qoniqdingmi?

- Yo'q, hali 100 foizga tayyor emasman. Jismonan yuz foizga tayyor bo'lmasang, o'zingni to'liq ko'rsatishing ham qiyin kechadi.

- Bugun to'liq hujum frontida harakat qilding. Qaysi poziciya qulayroq?

- Farqi yo'q – chapda, o'ngda yoki hujumchi ortida.

- Murabbiy qanday ko'rsatma bergandi?

- Qanotlarda yordam berish va ikkinchi hujumchi sifatida harakat qilishim kerakligini. Ederga yaqinroq o'ynashni.

- Jamoa o'yinini umumiy qanday baholaysan?

- Xulosalar chiqarish kerak. Har qanday mag'lubiyat yaxshi emas, boisi hamma o'yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yomon o'ynamadik, ammo o'yin unutiladi, natija esa qoladi.

- Jamoaga to'liq moslashganing haqida gapirding. Kim senga yordam berdi?

- Barcha yigitlar – Gilerme, Chorluka. Mashg'ulotlardan keyin Miranchuk bilan qolib jarima zarbalari ustida ishlardik. Bir oylik mashg'ulotlar davomida undan ko'p narsalarni o'rgandim. Afsus, u jamoani tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fclm.ru