Jaloliddin Sodiqov: Stadion tashqarisida muxlislar qo'llab-quvvatlaganini sezib turdik

Mirjalol Normatov
16 iyun 2022, 00:34
O'zbekiston - Yaponiya o'yinidan so'ng futbolchilarimiz o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Futbolchimiz Jaloliddin Sodiqov ham Championat.asiaga intervyu berdi.

- O'yin haqida fikringiz…

- Uchrashuv juda zo'r bo'ldi. Yarim finalni yutdik, chempionlikka bir qadam qoldi. 

- Mazkur o'yindan avval qo'rquv yo'qmidi.

- Yo'q. Biz o'z kuchimizga ishongan holda maydonga tushdik. O'z o'yinimizni ko'rsatib, g'alaba qozondik.

- Maydon tashqarisida minglab muxlislar yig'ildi…

- Ha buni o'yin payti sezib turdik. Ular hamisha bizga kuch bag'ishlagan. Doim ular uchun, xalqimiz uchun maydonga tushamiz. 

- Finalda Saudiya Arabistonidan nima kutyapsizlar?

- Ular ham yaxshi jamoa, kuchli futbolchilari bor. O'z o'yinimizni ko'rsatib, nasib qilsa g'alabaga erishamiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia