Jaloliddin Masharipov: "Stadionga kelgan muxlislar zerikib qolishmaydi"

Aziz Tukhtamuradov
8 avg 2016, 08:50
O'zbekiston chempionati 17-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldin “Paxtakor” jamoasining tajribali yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Biz “Qo'qon-1912” jamoasini “Obod”ga qarshi o'yinini televizor orqali ko'rdik. Qo'qonda yaxshi jamoa bor. Oldimizda judayam qiyin uchrashuv kutib turibdi. Qo'qonliklar Toshkentda yo'qotilgan ochkolarni qaytarib olish uchun harakat qilishadi. Biz ham kutilmaganda Andijonda yutqazib qo'ydik. Endi faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.Qo'qonga bizni sobiq murabbiyimiz kelgach jamoa ancha kuchaygan. No'mon Hasanov bizni juda yaxshi biladi va qaysi tomonlarimizni yopib qo'yishni shogirdlariga tushuntiradi. Stadionga kelgan muxlislar zerikib qolishmaydi,ular  qiziqarli o'yinga guvoh bo'ladilar deb o'ylayman  – deydi Jaloliddin Masharipov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia