Jaka yozda "Arsenal"dan "Roma"ga o'tishi mumkin

Alisher
25 fev 2022, 12:52
"Arsenal" yarim himoyachisi Granik Jaka "Roma"ga o'tishi mumkin.

"Roma" 29 yoshli shveytsariyalikni 2021 yilning yozida xarid qilishga urinib ko'rgandi, ammo London klubi 15 million evrolik taklifni rad etgandi.

Rim klubi o'yinchining o'zi bilan kelishuvga erishgan. Qayd etish kerakki, rimlikar Jaka bilan yozgi transfer oynasida yana shartnoma imzolashga urinib ko'rishadi.

Jaka joriy mavsum "Arsenal" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Xavbekning London klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com