Jahon chempionati Kubogi O'zbekistonga keladi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
17 noya 2017
2018 yil Rossiyadagi jahon chempionatida g'olibga topshiriladigan mundial kubogi O'zbekistonga ham keladi.

FIFA rasmiy saytining ma'lum qilishicha, FIFA WORLD CUP TROPHY TOUR doirasida dunyoning aylanib chiqadigan sovrin O'zbekistondan ham o'tishi ma'lum bo'ldi. FIFA rasmiy sayti qo'ygan video rolikda jahon Kubogi qaysi mamlakatlarda bo'lishi ko'rsatilgan va unda mamlakatimiz ham mavjud.

Shu bilan birga, sovrin O'zbekistonga qo'shni mamlakatlar Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistondan ham o'tadi.

Hozircha sovrin qachon mamlakatimizga kelishi noma'lum.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia