Jahon chempionati-2026 saralashining 3-bosqichiga qur'a tashlandi: O'zbekiston Eron va Qatar bilan o'ynaydi!

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2024
Marosim Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra O'zbekiston MTJ "A" guruhidan joy oldi va Eron, Qatar, BAA, Qirg'iz Respublikasi hamda KXDR termalari bilan bahs olib boradigan bo'ldi.

"A" guruhi 

1. Eron

2. Qatar

3. O'zbekiston

4. BAA

5. Qirg'iz Respublikasi

6. KXDR


"B" guruhi

1. Koreya Respublikasi

2. Iroq

3. Iordaniya

4. O'mon

5. Falastin

6. Kuvayt


"C" guruhi

1. Yaponiya

2. Avstraliya

3. Saudiya Arabistoni

4. Bahrayn

5. Xitoy

6. Indoneziya

Eslatib o'tamiz, guruhlarda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi.

SAHIFANI YANGILASH

- FIFA musobaqalari direktori Manolo Zubiriya chaqirildi. U qur'a jarayonini olib boruvchi asosiy shaxslardan biri.

- Har ikki futbolchi qur'a o'tkazilishida yordam beradi. 

- Tashkilotchilar Osiyoning 2003 yildagi eng yaxshi futbolchisi, eronlik sobiq futbolchi Mehdi Mahdavikiyani ham taklif etishdi va unga so'z berishdi.  

- Sahnaga Osiyo Kubogi-2011 g'olibi, Yaponiya termasi sobiq hujumchisi Shinchi Okazaki taklif etildi.   

- OFK Bosh kotibi Vindzor Jon qur'a haqida tushuntirish bermoqda. 


Jami 18 jamoa qur'aga ko'ra 3 guruhga taqsimlanadi. Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston milliy terma jamoasi 3-savatchadan joy olgan:

1-savatcha

Yaponiya

Eron

Koreya Respublikasi


2-savatcha

Avstraliya

Qatar

Iroq


3-savatcha

Saudiya Arabistoni

O'zbekiston

Iordaniya


4-savatcha

BAA

O'mon

Bahrayn


5-savatcha

Xitoy

Falastin

Qirg'iz Respublikasi


6-savatcha

KXDR

Indoneziya

Kuvayt


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia