Jag' sindi, futbolchi qamoqda, murabbiylar haydaldi. Qirg'iz klubidagi voqea ko'pchilikni shokka tushirdi

Aslanov Jasurbek
27 avg 2024, 00:13
Qirg'iziston terma jamoasi hujumchisi Mirbek Axmataliev 5 yilga futboldan chetlatildi.

15 avgust kuni Qirg'iz Respublikasi futbol klubi "Muras Yunayted" mashg'ulotida futbolchi ukrainalik jamoadoshi bilan mushtlashib ketdi.

"Voqea natijasida klubning xorijlik futbolchisi Evgeniy Terzi jag' sinishi jarohatini oldi. Ma'lum bo'lishicha, xodisaga klub hamkorlik qilishni to'xtatgan Mirbek Axmataliev sababchi bo'lgan" - deyiladi Qirg'iz futboli ittifoqi rasmiy bayonotida.

22 avgust kuni QFI yig'ilishida qoidabuzarni 5 yilga futboldan chetlatish qarori qabul qilindi. "Muras Yunayted" ushbu voqea tufayli murabbiylar shtabi va sport direktorini ishdan haydadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Axmataliev ayni damda qamoqda. Futbolchiga nisbatan "sog'likka og'ir bo'lmagan zarar etkazish" moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «АКИpress»