

- Bugun juda muhim uchrashuvda g'alaba nashidasini surdik. Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin bugun yutuq zarur edi. Mazkur g'alaba “Andijon”ga qarshi bahsdan oldin futbolchilarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir qiladi, degan umiddaman. Asosiysi, bugun uch ochkoni qo'lga kiritdik.
Jamoadagi kelajagim haqida hech narsa, deya olmayman. Buni avval ham aytganman. Birinchi navbatda “Obod” oliy ligadagi o'z o'rnini saqlab qolishi kerak. Qolgani keyin bo'laveradi.
"Obod" FK matbuot xizmati


