Izzatilla Abdullaev: “Afsuski gol ura olmadik”

Narzulla Saydullayev
16 mar 2018, 23:25
Superliganing 3-turida “So'g'diyona” jamoasi Buxoroda “Buxoro” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va mag'lubiyatga uchradi.

O'yindan so'ng “So'g'diyona” jamoasida o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Izzatilla Abdullaev o'yin borasida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Bu bahsga astoydil tayyorgarlik ko'rdik. Bugun esa imkoniyatlardan foydalana olmadik va afsuski gol  ham ura olmadik. Jizzaxdan tashrif buyurgan muxlislarga rahmat aytamiz. Bu o'yinni unutib keyingi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz-deydi Izzatilla Abdullaev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати