

Uning professional futbolchi bo'lib yetishishida "Mashal"ning o'rni beqiyosdir. Toshpo'latov "Mashal" akademiyasiga minnatdorchilik ramzi sifatida tahsil olayotgan yoshlarga o'z nomidan maxsus “ROISON” televizorini sovg'a qildi. Klub mutasaddi rahbarlari, ishchi xodimlar va jamoadoshlariga barcha-barchaga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
Biz ham futbolchimizning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Eslatib o'tamiz Ixtiyor Toshpo'latov Jizzaxning “So'g'diyona” klubida ijarada faoliyat olib bormoqda.






