Ixtiyor Ropiev: “Kayfiyat a'lo. Tayyorgarlik maromida ketmoqda”

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2020, 12:32
Xabaringiz bor, ayni vaqtda futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ozarbayjonda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan jamoamiz, o'tgan haftada shu mamlakat bosh jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Biz esa o'z navbatida ichki muhit, fevral oyida bo'lib o'tadigan qita musobaqasiga hozirlik jarayoni hususida yaqinroq ma'lumot olish maqsadida futzalchi Ixtiyor Ropievni suhbatga chorladik.

- Bilamizki, terma jamoada avlodlar almashinuvi jarayoni kechmoqda. Bu qaysidir manoda ichiki muhitni o'zgarishiga ta’sir qiladimi? Shuning barobarida mashg'ulotlar va yig'in haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Terma jamoada ichki muhit a'lo darajada. Bu borada muammo yo'q. Tayyorgarlik maromida ketmoqda. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkzyapmiz. Asosiy e'tibor jismoniy holatimizni yaxshilash va tiklashga qaratilgan. Osiyo chempionatiga qadar maksimal holatda bo'lishimizga ishonchim komil.

- Ozarbayjon Yevropada o'z o'rniga ega bo'lgan, kuchli va saviyali o'yinchilarga ega terma jamoa hisoblanadi. Ko'rdikki, bizning terma jamoamiz ular bilan tengma-teng kurash olib bordi. Bunday o'rtoqlik uchrashuvlari jamoamizdagi yosh futzalchilar uchun foyda keltirishi aniq...

- 23 va 24 yanvar kunlari mazkur yig'in doirasidan o'rin olgan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. Murabbiylar shtabi namoyish qilgan o'yinimizdan qoniqish hosil qilishdi. Birinchi bahsda kichik hisobda g'alaba qozondik. Javob uchrashuvida esa yaxshi o'ynab mag'lub bo'ldik. Bizga ikki kunlik tatil berishdi. Hozirda yana yig'inga kirishganmiz.

- Osiyo chempionati orqali jahon chempionatiga yo'llanma olish mumkin. Bu esa siz kabi futbolchilar uchun tarixiy natija sanaladi. Shu sababli yosh futzalchilarda motivaciya yuqori bo'lishi tabiiy...

- Tushunib turibmiz. Raqiblarimiz jiddiy. Agarda, hozirgidek o'ynashda davom etsak, biz har qanday jamoani mag'lubiyatga uchrata olamiz. Maqsadimiz guruh bosqichida yuz foizlik natijani qayd etish. Chorak finalda g'alaba qozonib mundialga yo'l olishni istaymiz. Astoydil harakat qilib niyatimizni amalga oshirishga intilamiz.

- Sir emaski, futzalda mayda va kichik xatolar ham muvaffaqiyatsizlik uchun etarli bo'ladi. Bu borada mashg'ulotlarda ishlanyaptimi?

- Murabbiylar Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboev yordamida mavjud muammolarni hal qilmoqdamiz. Xudo xohlasa mayda xatolar bo'lmaydi degan umiddaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia