Ixtiyor Karimov: "O'yin oxirida bizdan omad ochiqchasiga yuz o'girdi"

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2016, 21:21
"Sho'rtan" - "Buxoro" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ixtiyor Karimov o'z fikrlarini bildirdi.
"Juda qiyin va mazmunli o'yin bo'lib o'tdi. 3 kun ichida jamoamiz ozgina toliqqani sezildi. Oxirida bizdan ochiqchasiga omad yuz o'girdi. Durang bo'lsa ham shogirdlarigm rahmat aytaman. Oxirgi 6 turda 13 ochko qo'lga kiritilishi mehnatdan va jamoaning bir oila bo'lib harakat qilgani uchun sodir bo'ldi. Davralar oralig'ida tarkibimiz albatta kuchaytiriladi. Yig'inlar davomida jismoniy holat va texnik taktik harakaktlarga e'tibor qaratamiz. Bugungi o'yinda barcha futbolchilar yaxshi harakat qilishdi.

Taran biroz betob bo'lgani uchun zaxiradan maydonga tushirdim", - deydi Ixtiyor Karimov.

"Sho'rtan" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia