

"Vest Bromvich" esa 32 yoshli serbiyalikka boshqa davogarlik qilmaydi. Jamoa bosh murabbiy Toni Pyulis futbolchiga qiziqish bildirmayotganini aytdi.
Ivanovich "Zenit"ga tekinga o'tishi va Sankt-Peterburg klubi bilan 3,5 yillik shartnoma tuzishi kutilmoqda. Transfer borasida yakuniy qaror dushanba kuni qabul qilinadi.



