Ivan Rakitich: "Benzema "Oltin to'p"ni avvalroq olishi mumkin edi"

Aslanov Jasurbek
10 noya 2021
"Sevilya" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Real Madrid" hujumchisi Karim Benzemaning o'yinini yuqori baholadi.

"Karim Benzemaning yillar davomida qilgan ishlari xayratlanarli. U avvalroq "Oltin to'p"ni olishi mumkin edi. "Real Madrid" safida juda ko'p hal qiluvchi gollar urdi. Katta musobaqalarda g'olib chiqdi. Ronaldu ketganidan so'ng jamoasining yetakchisiga aylandi. Uning xuddi shu ruhda davom etishini istayman. Faqat bizga qarshi emas",- deydi Rakitich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca