Ivan Boshkovich: Tezda mukammallikka erishish qiyin

Aslanov Jasurbek
8 apr 2023
"Metallurg"ga qarshi Superliganing 5-tur o'yinidan (2:2) so'ng "So'g'diyona" ustozi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi, deyish mumkin. Murosasiz uchrashuv va to'rtta gol ko'rdik. Birinchi taymdagi o'yinimiz menga yoqdi. Bellashuvni nazorat qildik va bo'lim oxirida gol urdik. Ikkinchi taymda esa, raqib murabbiyi biroz taktikani o'zgartirdi. Ular ikkita gol kiritgach, qiyin ahvolga tushdik. Tempga kirishib keta olmadik. Birinchi taymdagi o'yinimizni kelgusi uchrashuvlarda ham namoyish etishni istaymiz. Tezda mukamallikka erishish qiyin. Bu borada hali ishlaymiz”, - dedi Boshkovich.


“Umuman olganda, jamoa o'yinidan qoniqdim. O'tgan uch to'rt kun davomida qilgan ishimizdan mamnunman. Bu jamoa bilan natija ko'rsatsa bo'ladi. Tarkib yomon emas. Individual kuchli futbolchilar bor. Kelgusida ular bilan ishlash muammo tug'dirmaydi, deb umid qilaman. Serderovning keyingi bellashuvlarda maydonga tushishi uning o'ziga bog'liq. Uning holati va tayyorgarligi qanday darajada ekanligini bilishimiz kerak. Faqat shundan keyingina qaror qabul qilishimiz mumkin”.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz