Ivan Boshkovich: "Raqib darvozasiga 4 ta gol urib g'alabaga erishish yoqimli"

Alisher
26 may 2024
Superliganing 9-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Bundyodkor" (4:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Raqib darvozasiga 4 ta gol urib g'alaba qozonish albatta yoqimli. Biroq, biz navbatdagi o'yinlarda ham g'alabalar qayd etishimiz uchun himoyamizni ham mustahkamlashimiz lozim. Bugun Doriev, Mavlonqulov, Yovovich kabi futbolchilar o'zlarini ko'rsatishdi. Daraja va individual mahorat ko'p epizodlarni bizning foydamizga hal qildi. Yoshlarga ham imkoniyat berayapmiz. Navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlikka kirishamiz.

- Transferlar oynasi vaqtida qaysi chiziqlarni o'zgartirmoqchisiz?

- Bu masalani jamoaviy ko'rib chiqamiz. Men qo'l ostimdagi yigitlarga ishonaman. Ko'p o'zgarish qilish rejamiz yo'q. Mashg'ulotlarda ishlaymiz, bizda hozir mavsum uchun etarli tarkib bor. O'zgarish qilamizmi, yo'qmi, mashg'ulotlar va o'yinlar mobaynida aniqlab boramiz.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia