Italiyaning Bolgariya va Chexiyaga qarshi o'yinlar uchun tarkibi aniq

Narzulla Saydullayev
4 sen 2013, 12:33
Italiya terma jamoasining JCH-2014 saralashi doirasidagi Bolgariya (6 sentyabr) va Chexiyaga (10 sentyabrya) qarshi o'yinlarda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar nomi aniq.
Darvozabonlar: Marketti ("Lacio"), Sirigu (PSJ), Buffon ("Yuventus");
 
Himoyachilar: Abate ("Milan"), Ogbonna, Bonuchchi, Kellini (barchasi- "Yuventus"), Antonelli ("Jenoa"), Astori ("Kalyari"), Madjo ("Napoli"), Ranokkia ("Inter");
 
Yarim himoyachilar: Akvilani ("Fiorentina"), Tiago Motta, Verratti (ikkisi - PSJ), Kandreva ("Lacio"), De Rossi, Florenci (ikkisi - "Roma"), Diamanti ("Bolonya"), Montolivo ("Milan"), Djakkerini ("Sanderlend"), Pirlo ("Yuventus"), Cherchi ("Torino");
 
Hujumchilar: Balotelli, El-Shaaravi (ikkisi - "Milan"), Jilardino ("Jenoa"), Osvaldo ("Sautgempton"), Insine ("Napoli"), Gabbyadini ("Sampdoriya").

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru