Italiya terma jamoasi: Sandro Tonali jarohat tufayli safdan chiqdi

Alisher
2 sen 2020, 17:27
Italiya terma jamoasi jarohat tufayli kreativ o'yinchisini yo'qotdi.

"Breshia" yarim himoyachisi Sandro Tonali terma jamoa ixtiyorini tark etdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.

20 yoshli xavbekning o'rniga Italiya terma jamoasiga "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino chaqirildi. Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Tonali "Milan"ga o'tishga yaqin.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Bosniya va Gertsegovina (4 sentyabr) va Niderlandiya (7 sentyabr)ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/azzurri