

ANSA agentligining xabar berishicha, Qatar poytaxti Doha shahrida bo'lib o'tishi lozim bo'lgan bahs agar ertaga ham “Milan” delegaciyasi belgilangan manzilga yetib kelmasa, o'tkazilmasligi mumkin. Bugun “Milan” futbolchilari joy olgan samolyot reysi texnik nosozlik tufayli dastlab bir soat kechiktirilib, so'ngra bekor qilindi. Ayni paytda ushbu samolyot Londonda. “Milan” futbolchilar 20 dekabr kuni kunning ikkinchi yarmida Dohaga yetib kelishlari lozim edi. Ammo milanliklar delegaciyasi 21 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00da Qatarga yetib borishi kutilmoqda.



