Italiya Futbol Federatsiyasi "Yuventus"dan tortib olingan ikkita chempionlikni qaytarib berishi mumkin

1 apr 2015, 22:43
Italiya Futbol Federatsiyasi prezidenti Karlo Tavekkio turinliklardan olib qo'yilgan ikkita chempionlik unvonini qaytarib berish masalasini ko'rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.
Buning uchun "Yuventus" klubi vaikllari 443 million evrolik davolaridan voz kechishlari kerak.
Eslatib o'tamiz, 2006 yilda "Yuventus" jamoasi hakamlarni sotib olishda ayblanib, A Seriyadan quyi divizionga tushirilib yuborilgan va ularning ikkita chempionlik unvonlari olib qo'yilgan edi. Biroq keyinchalik "Yuventus"ning sobiq bosh direktori Luchano Modji oqlanib chiqdi va turinliklar keltirilgan zararlarni qoplash maqsadida davo bilan chiqishdi.

Manba: soccer.ru