

O'z maydonida “Sampdoriya” bilan kuch sinashgan “Napoli” irodali g'alabani tantana qildi. Garchi uchrashuvda mehmonlar hisobda oldinga borishlariga qaramay, 77-daqiqada dastlab zaxiradan maydonga tushgan Gabbyadini muvozanatni tikladi. Uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning so'ngisida Tonelli g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi -2:1.
Italiya chempionati, 19-tur.
Empoli – Palermo 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0, Makkarone, 77- penaltidan.
Empoli – Skorupski, Lorini, Bellushi, Chosich, Paskual, Krunich, El-Xaji, Kroche, Saponara (Puchcharelli, 65), Marilungo (Makkarone, 76), Mchedlidze.
Palermo – Posavec, Chonek (Diamanti, 81), Gonsales, Goldaniga, Rispoli, Yayalo (Balog, 83), Gacci, Morganella (Aleesami, 75), Bruno Enrike, Kvayson, Nestorovski.
Ogohlantirish: Lorini (57), Morganella (74), Chonek (76), Bruno Enrike (90).
Napoli – Sampdoriya 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 30, avtogol Xyusay, 1:1 – 77 Gabbyadini, 2:1 – 90 Tonelli.
Napoli – Reyna, Tonelli, Strinich, Xyusay, Kirikesh, Mertens, Allan (Zelinski, 59), Kalexon, Gamshik, Insine, Jorjino (Gabbyadini, 72).
Sampdoriya – Pujoni, Silvestre, Rejini, Pedru Pereyra, Shkrinyar, Prat (Linetti, 76), Barreto, Alvares, Torreyra, Shik (Dodo, 64), Kualyarella (Muriel, 51).
Ogohlantirish: Silvestre (54), Xyusay (69).
Chetlatish: Silvestre (61).



