Italiya chempionati. “Lacio” safarda irodali g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
19 fev 2017, 03:18
Italiya “A” seriyasining 23-turida “Lacio” klubi safardan uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi.

“Empoli”ga qarshi bahs yuritgan rimliklar garchi o'z darvozalaridan birinchi bo'lib to'p o'tkazib yuborishlariga qaramay, keyinchalik Immobile va Keytaning gollari evaziga irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.

Italiya chempionati, 25-tur

“Empoli” – “Lacio” 1:2

Gollar: 1:0 – 67 Krunich, 1:1 – 68 Immobile, 1:2 – 80 Keyta.

“Empoli”: Skorupski, Bellushi, Paskual, Lorini (Veseli, 78), Kosta, Krunich, El-Xaji, El-Kadduri, Kroche (Mauri, 74), Puchcharelli, Makkarone (Tyam, 72).

“Lacio”: Strakosha, Uolles, Radu (Jorjevich, 78), Basta (Bashtush, 86), Xudt, Parolo, Bigliya, Felipe Anderson, Milinkovich-Savich (Keyta, 57), Lulich, Immobile.

Ogohlantirish: Kosta (2), Bigliya (60), El-Xadji (84), Veseli (90).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia