Italiya A seriyasi. Ronalduning “dubl”i “Yuve”ga bir ochko keltirdi, “Napoli”da g'alaba

3 fev 2019, 07:51
Italiya A seriyasining 22-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuvda ham mezbonlar raqib darvozasiga uchtadan gol kiritishdi. Ammo...

“Napoli” futbolchilari Neapolda “Sampdoriya”ga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi -3:0.

Peshqadam “Yuventus” esa Turinda kutilmaganda ikki ochkodan mahrum bo'ldi.
“Parma”ga qarshi bahsda   Ronaldu hisob ochdi, Rugani oradagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo'lim gollarga boy bo'ldi. Ronaldu o'z “dubl”ini nishonladi-3:1. Ammo mehmonlar safida harakat qilayotgan Jervino so'nggi 15 daqiqada “Yuve” darvozasini ikki bor aniq nishonga olib, jamoasining Turindan bir ochko bilan qaytishini taminladi.


Italiya chempionati, 22-tur.

Napoli – Sampdoriya 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 25 Milik, 2:0 – 26 Insine, 3:0 – 89, penalti Verdi.

Napoli – Meret, Xyusay, Maksimovich, Kulibali, Mariu Ruy, Kalexon, Allan, Gamshik (Diavara, 74), Zelinski, Insine (Verdi, 83), Milik (Una, 90).

Sampdoriya – Audero, Bereshinski, Andersen, Kolli, Murru, Linetti, Ekdal (Ronaldu Vieyra, 73), Yankto, Ramires (Saponara, 54), Defrel (Gabbyadini, 59), Kualyarella.

Ogohlantirish: Yankto (73), Murru (76), Andersen (87).


Yuventus – Parma 3:3 (1:0, 2:3)

Gollar: 1:0 – 36 Ronaldu, 2:0 – 62 Rugani, 2:1 – 64 Barilla, 3:1 – 66 Ronaldu, 3:2 – 74 Jervino, 3:3 – 90 Jervino.

Yuventus – Perin, Joau Kanselu, Rugani, Kaseres, Spinaccola, Xedira (Bentankur, 79), Pyanich, Matyuidi, Duglas Kosta (Bernardeski, 46; Djan, 86), Ronaldu, Mandjukich.

Parma –Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Bastoni, Galolo, Kucka (Sprokati, 86), Skoccarella (Shtulac, 76), Barilla, Biabiani (Siligardi, 57), Ingleze, Jervino.

Ogohlantirish: Barilla (26), Skoccarella (28), Djan (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia