"Istiqlol"ning OCHLdagi raqibi qatorasiga 5-marta mamlakat chempioni bo'ldi

Xayrulla Xoliqov
31 iyul 2021
Eron milliy chempionatida navbatdagi mavsum o'z yakuniga etdi.

Tojikistonning "Istiqlol" klubi bu mavsum Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida o'zini ko'rsatib, 1/8 finalga yo'l olganidan xabaringiz bor. "Istiqlol" navbatdagi bosqichda Eron klubi "Persepolis" bilan bellashadi. Bitta o'yindan iborat bahs 14 sentyabr kuni Dushanbeda bo'lib o'tadi. 

"Persepolis" Eron chempionatining oxirgi turida "Paykan"ni 2:0 hisobida mag'lub etib, jami 67 ochko jamg'argan holda ketma-ket beshinchi marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin 65 ochko bilan "Sepaxan"ga nasib etgan bo'lsa, uchinchi o'rinni 56 ochko to'plab Tehronning boshqa bir jamoasi "Istiqlol" egalladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com