Eron kubogi. "Istiqlol" "Sanat Naft"ni mag'lub etib, finalga chiqdi, Masharipov zaxirada qoldirildi

Alisher Ostonov
24 may 2025
Eron kubogi yarim final doirasidagi "Istiqlol" - "Sanat Naft" o'yini bo'lib o'tdi.

"Istiqlol" ushbu o'yinda ishonchli hisobda g'alabaga erishib, finalga yo'l oldi. Gollarga Alireza Kushki (44) va Masud Juma (57) mualliflik qildi. Har ikki golga Ramin Rizoyan assistentlik qildi.

Jamoa yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov zaxirada qoldirildi.

"Istiqlol" finalda "Malavan" bilan bosh sovrin uchun bahs olib boradi.


24 may 2025, 21:15
Esteghlal — Sanat Naft
2 – 0
Tugadi



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia