“Istiqlol” – “Andijon” o'yiniga kirish bepul

Narzulla Saydullayev
9 apr 2018
11 aprel, chorshanba kuni mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida O'zbekiston PRO-Ligasining 2-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Xususan, Farg'ona shahrida “Istiqlol” jamoasi “Andijon”ni qabul qiladi. Aytishlaricha mazkur uchrashuvga muxlislarning kirishi bepul bo'ladi. O'yin “Istiqlol” markaziy stadionida soat 17:00da boshlanishi belgilangan. Uchrashuv avvalida koncert dasturi tashkil etilishi ham rejalashtirilgan. Shunday ekan, muxlislarni “Istiqlol” – “Andijon” o'yiniga taklif etamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia