

Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov 90 daqiqa maydonda harakat qildi va juda faol bo'ldi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullaev ham asosiy tarkibda maydonga tushdi va 66-daqiqada zaxiraga olindi. Bahs 2:3 hisobidagi "Beshiktosh" foydasiga hal bo'ldi. G'alaba golini 90+6 daqiqada Mustafa Xekimoglu urdi.
“Istanbul Bashakshexir” 22-turdan so'ng Turkiya Superligasida 33 ochko bilan oltinchi, “Beshiktosh” esa 40 ochko bilan beshinchi o'rinda joylashgan. Yetakchi “Galatasaroy” hisobida 55 ochko bor.
Gollar xronologiyasi:
36-daqiqa. O'yinda hisob ochildi. Mehmonlar darvozabonining xatosidan so'ng "Bashakshexir" hujumchisi Devi Zelke raqib darvozasini ishg'ol qildi.
43-daqiqa. Navbatdagi gol ham raqib xatosidan so'ng kiritildi. Gol muallifi - O Xyon Gyu ("Beshiktosh")
58-daqiqa. Orkun Ko'kchu sherigining ajoyib uzatmasidan so'ng darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va "Beshiktosh"ni hisobda oldinga olib chiqdi
88-daqiqa. Bertug' Yildirim to'pni boshi bilan "Beshiktosh" darvozasiga joylab qo'ydi. 2:2 (!)
90+6-daqiqa. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan "Beshiktosh" hujumchisi Mustafa Xekimoglu "Bashakshexir" darvozasini ishg'ol qildi

























