Turkiya Kubogi. "Istanbul Bashakshehir" "Boluspor"dan ustun keldi, Fayzullaevdan golli pas!

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2026, 19:25
Turkiya Kubogi "A" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Istanbul Bashakshehir" – "Boluspor" uchrashuvi yakuniga etdi.

Unda istanbulliklar 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, yarim himoyachi Abbos Fayzullaev 60 daqiqa o'ynab, birinchi golga assistentlik qildi.

Turkiya Kubogi

"Istanbul Bashakshehir" – "Boluspor" 2:1

Gollar: Opoku (Fayzullaev) 23', Da Koshta (Gyunesh) 84 – Usluo'g'li 45'

"Istanbul Bashakshehir": Alemdar, Ebosele, Duarte, Opoku, Operi, Ozdemir (Kaluzinskiy, 46), Gyunesh, Fayzullaev (Brnich, 60), Xarit (Kemen, 79), Shomurodov, Yildirim (Da Koshta, 72).

"Boluspor": Kulbilge, Senyurt, Yilmaz, Kouagba, Lima (Kirim, 46), Alpsoy (Davas, 60), Balburdia, Liko (Artan, 72), Chayli (Alichi, 60), Akanbi, Usluo'g'li (Arslan, 79).

Ogohlantirishlar: Fayzullaev (14), Liko (47), Senyurt (56), Davas (83).


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia