Istalgan raqib "Bavariya" qarshisida qiynalib qoladi - Niko Kovach

3 sen 2018, 16:22
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach jamoa o'yinidan ko'ngli to'layotganini ma'lum qildi.

- "Bavariya" ajoyib o'yin namoyish etmoqda. O'tkazilgan to'rtta rasmiy bahsda ham jamoamiz yuqori darajadagi futbolni ko'rsatdi. O'yin va natijadan ko'nglim to'q. Ayniqsa jamoa ko'rsatayotgan futbol meni quvontirmoqda. Futbolchilar har daqiqani yuqori konsentratsiyani saqlagan holda o'tkazmoqda. Bu aynan men istagan holat. Agarda jamoamiz shu darajani ushlab qolsa va konsentratsiyani yo'qotmasak, unda istalgan raqib "Bavariya" qarshisida qiynalib qoladi", - dedi Niko Kovach.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbayern.de