Isroilovning dubli Neftchiga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2013, 19:24
Farg'onaning “Neftchi” klubi oliy liganing 14-turini o'z maydonida G'uzorning “Sho'rtan” klubiga qarshi o'tkazdi.

Mana shu yerda uchrashuv hisobini bilib borish mumkin bo'ldi. 


Uchrashuv soat 17:30 da boshlandi. Dastlabki daqiqalarda mehmonlar hujumkor o'ynashmoqda. 13-daqiqada Pavel Solominning kuchli zarbasini Hasanov qaytarib qoldi. 23-daqiqada Mansur Saidovning ajoyib reydi. Ammo yakun zarbaga aniqlik yetishmadi. O'yin teng kurashlar ostida kechmoqda. Goh u goh bu jamoa xavfli hujum tashkil etmoqda. 45-daqiqada Sardor Mirzaevning jarimadan tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Birinchi bo'lim tugadi. 

48-daqiqada Mansur Saidovning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. 79-daqiqada maydon egalari hisobni ochishdi. Zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Otabek Isroilov gol urdi - 1:0. 87-daqiqada Isroilov o'zining dublini rasmiylashtirdi - 2:0. Uchrashuv yakunlandi. 


Neftchi (Farg'ona) – Sho'rtan (G'uzor) 2:0 (0:0)

Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon).

Gollar: Otabek Isroilov, 79 - 1:0. Otabek Isroilov, 87 - 2:0.

Neftchi: 51. G'ayrat Hasanov, 3. Shukurali Po'latov, 7. Mansur Saidov, 17. Sardor Mirzaev, 20. Dilyorbek Ermatov, 22. Iqbol Akramov (27. G'ayrat Jumaev, 85), 23. Sanjar Asqaraliev, 44. Shavkat Nasibullaev, 49. Pavel Smolyachenko (71. Mirzakamol Kamolov, 66), 52. Vyacheslav Ponomaryov, 99. Zayniddin Tojiev (11. Otabek Isroilov, 71).
Zaxira:
21. Farrux Turdaliev, 5. Iqbol Boboxonov, 25. Umid Qodirov, 50. Nosir Otaqo'ziev. 
Sho'rtan:
30. Aleksandr Korneychuk, 5. Asror Aliqulov, 10.Pavel Solomin (40. Feruz Faxriddinov, 46) (77. G'ulom Rahmonov, 81), 19. Ibroxim Otaxonov, 20. Aleksandr Vostrikov, 21. Zohid Raupov, 22. Olimjon Karimov, 24. Botir Qodirqulov, 27. Umar Eshonqulov, 37. Andrey Vlasichev (39.Sanjar To'raqulov, 61), 48. Aziz G'uloxo'jaev.

Zaxira: 35. Aktam Berdiev, 16. Elyor Intizomov, 23. Shahzodbek Xursanov, 42. Mahmud Abdurahmonov. 

Ogohlantirish: Shavkat Nasibullaev 60.

Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia