Isroilov bilan Hasanov Andijonda

Narzulla Saydullayev
2 fev 2020
Farg'onada Hokim Kubogi turnirida ishtirok etayotgan Andijon jamoasi ham o'z safini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishga xarakat qilmoqda.

Xususan, kuni-kecha himoyachi Azamat Isroilov bilan yarim himoyachi Jamshid Hasanov burgutlar lageriga borib qo'shildi. Har ikki futbolchi ham bungacha Qo'qon-1912 mashg'ulotlarida ishtirok etayotgandi.

Shuningdek andijonliklar safiga darvozabon Ruslan Matniyazovni ham qaytganini qo'shimcha qilish lozim.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia