Ispaniyalik teleboshlovchi Ronalduning ustidan kuldi

Mirjalol Normatov
24 fev 2019
Ispaniyalik mashhur teleboshlovchi Kristina Pedroche "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning ustidan kuldi.

Forvard uchrashuv yakunlanganidan keyin "Atletiko" muxlislariga 5ta barmog'ini ko'rsatgandi. Bu uning YCHL sovrinini 5 marta qo'lga kiritganini anglatadi.

Teleboshlovchi esa o'zining ko'rsatuvida 19 barmog'ini ko'rsatdi.

Bu Krishtianu Ronalduning Ispaniya prokuraturasiga 19 million evro to'laganini anglatilishini Pedroche keyinchalik tushuntirib berdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports