

Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga Yevropaning uchta yetakchi klubi qiziqish bildirmoqda va ular ispaniyalik futbolchining tovon pulini to'lashga tayyor. Ammo, Asensio allaqachon agentiga "Real"da o'ynamoqchi ekanini ma'lum qilgan.
Raul Asensio "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi bu mavsumda Karlo Anchelotti jamoasi safida La Ligada 15ta o'yin o'tkazib, ularda 1 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 30 mln evroga baholamoqda.



