Ispaniyalik futbolchi koronavirusga qarshi kurashish uchun futbolchilik faoliyatini to'xtatdi

Alisher
1 apr 2020, 11:16
"Selta" sobiq o'yinchisi Toni Dovale o'z vatanida koronavirusga qarshi kurashishga qaror qildi.

Kanzas Sitining "Sporting" klubi rasmiy sayti bergan ma'lumotlarga ko'ra, jamoaning sobiq yarim himoyachisi Ispaniyada farmacevt bo'lish uchun futbolchilik foaliyatini to'xtatgan.

29 yoshli futbolchi bugun kunda Tailandning "Navi" klubi bilan shartnomaga ega. Yanvar oyida u vaqtincha Ispaniyaga kelgandi va bu yerda koronavirus tarqalayotganini guvohi bo'ldi.

To'rt yil oldin farmacevt ma'lumotini olgan Dovale pandemiyaga qarshi kurashish uchun vaqtincha butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

Xavbek o'zining "Selta", "Leganes", "Sporting" (Kanzas-Siti), "Lugo" va "Rayo Valekano"dagi o'yinlari orqali tanilgan.


AlisherMuallif
Manba: sportingkc.com