Ispaniyaga qarshi o'yindan oldin Argentinada jiddiy yo'qotish
Mirjalol Normatov
24 mar 2018, 11:41
Argentina termasining hujumkor yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Italiya (2:0) terma jamoasiga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
30 yoshli futbolchi uchrashuvning 64-daqiqasida oyoq mushaklarini cho'zib oldi. Oqibatda uning o'rniga Diego Perotti maydonga tushdi. Terma jamoa matbuot xizmati uning 27 mart kuni Ispaniya bilan uchrashuvda maydonga tushmasligini rasman tasdiqladi.