Ispaniyada yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanishi rejalashtirilmoqda

Tolibjon Qosimov
23 fev 2018, 17:46
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi Yevropa ligasi doirasidagi “Atletik” – “Spartak” (1:2) uchrashuvidan keyingi voqealarni tahlil qilib chiqdi.

Ikki jamoa muxlislari o'rtasida katta janjal bo'lib o'tdi. Buning oqibatida 5 odam (3 nafari rossiyalik) qo'lga olindi, yana 5 nafari shifoxonaga etkazildi (3 nafari rossiyalik), bir nafar policiyachi vafot etdi.

Federatsiya yaqinlashib kelayotgan LaLiga uchrashuvlarini vafot etgan tartib posboni xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlashni taklif qildi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca