Ispaniyada o'yin paytida 5tagacha o'zgarish qilishga ruxsat berildi

Alisher
8 may 2020, 18:24
La Liganing joriy mavsum qolgan o'yinlarida yangilik bo'ladi.

COPE'ning ma'lumotiga ko'ra, Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) o'yin paytida 5tacha o'zgarish amalga oshirishga ruxsat berdi.

Shuningdek, qaydnomada 18dan 23 nafargacha futbolchilar bo'lishiga ruxsat berildi. Bahs davomida futbolchilar suv ichib olishlari uchun ikki marta pauza bo'ladi.

Ushbu qarorlar Ispaniyaning ikkinchi divizioni - Segundaga ham taaluqlidir. Qarorlar o'yinchilarning ancha vaqtdan beri o'ynamayotganligi uchun jarohat olish imkoniyatini kamaytirish maqsadida qabul qilindi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq, Xalqaro futbol uyushmasi (IFAB) shu kabi o'zgarishlar kiritishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: COPE