Ispaniyada bolalar jamoalari o'rtasidagi o'yinda otishma sodir bo'ldi

Aslanov Jasurbek
11 noya 2024
Ispaniyada noma'lum shaxs bolalar jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda otishma keltirib chiqardi.

Voqea shanba kuni Granadada 8-9 yoshli futbolchilar o'rtasidagi uchrashuv vaqtida sodir bo'ldi.

Jinoyatchi bir necha bor tribunalar tomon o'q o'zdi - natijada bir oilaning ikki vakili (er va xotin) jarohat olishdi. Jarohatlanganlar kasalxonaga murojaat qilishgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'yinda ishtirok etgan bolalar voqeaga guvoh bo'lishmagan, chunki ular kiyinish xonasida bo'lishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Sexta