Ispaniyada 4 may kunidan mashg'ulotlarga ruxsat berilishi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
29 apr 2020, 00:15
Ispaniya sport soveti mamlakat sog'liqni saqlash vazirligiga LaLiga o'yinlarini qayta boshlash borasidagi rejasini yubordi.

"Marca" xabariga ko'ra, chempionatni qayta boshlash 4 bosqichda amalga oshadi.

Dastlabki bosqich 4 may kunida boshlanadi. Ushbu kundan e'tiboran futbolchilarga klub bazasiga qaytishga va individual mashg'ulotlar o'tashiga ruxsat beriladi.

18 may kunidan e'tiboran futbolchilar guruh bo'lib mashg'ulotlarni boshlashadi. Dastlab har bir guruhda 6 nafardan futbolchi bo'lsa, 25 may kunidan bu 8 nafargacha oshiriladi.

Uchinch faza 1 iyul kuni boshlanadi. Agarda epidemiologik holat yaxshi bo'lsa, futbolchilar to'liq tarkibda mashg'ulotlarni boshlaydi.

5 iyundan e'tiboran LaLiga o'yinlari muxlislarsiz tribunalar ostida boshlanadi. Agarda bunga hukumat ruxsat bermasa, start 12 iyun kunida amalga oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca