Ispaniya TJ ustozi: “U Garri Potterga o'xshardi”

Eldor Akmurzayev
18 apr 2020, 20:40
Luis Enrike o'zi ishlagan eng yaxshi futbolchilar haqida gapirdi.

“Messi, Suaresga ustozlik qilishga muvaffaq bo'lganman. Bunday hujumchilarni hech ko'rmaganman.

Inesta esa Garri Potterga o'xshardi – faqat kamyob toifadagilar qilishi mumkin bo'lgan ishlarni amalga oshirardi. Bunday futbolchilar sizga o'zingizga bo'lgan ishonchni bag'ishlaydi”, deydi Enrike.

49 yoshli mutaxassis 2014-2017 yillari kataloniyaliklar ustozi sifatida faoliyat ko'rsatdi va klub bilan 9ta titul yutishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Cadena SER