Ispaniya terma jamoasining yana bir o'yinchisida koronavirus aniqlandi, ilk o'yingacha 5 kun qoldi

Alisher
9 iyun 2021
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Diego Lorenteda koronavirus infekciyasi aniqlandi.

Oldinroq, yarim himoyachi Serxio Buskets Covid-19'ga chalingan va qaydnomadan chiqarilgandi. Shu sabab kecha Litvaga qarshi o'yinda kattalar jamoasi o'rniga Ispaniya yoshlar jamoasi o'ynadi va "qizil furiya" 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Yana 6 o'yinchi chaqirildi, ular agar zarur bo'lsa ular qaydnomadan o'rin olishadi: darvozabon Kepa, himoyachi Raul Albiol, xavbeklar Karlos Soler, Brais Mendes, Pablo Fornals va forvard Rodrigo Moreno.

Ispaniya Evro-2020 guruh bosqichida Polsha, Slovakiya va Shvetsiya terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN