Ispaniya terma jamoasi inglizlar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2016, 14:17
Ispaniya terma jamoasi Angliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'yin 15 noyabr kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.

Bu ispan va ingliz jamoalari o'rtasidagi 25-bahs bo'ladi. Birinchi marotaba ular 1929 yilda uchrashuv o'tkazishgan va o'yin 4:3 hisobida ispaniyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Ispaniya terma jamoasi bu bahslarda 9 marotaba g'alaba qozongan, inglizlar esa 12 marta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com