Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Ramos 40 yoshgacha o'ynashni rejalashtirmoqda"

Alisher
5 okt 2019, 17:20
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Robert Moreno "Real" himoyachisi Serxio Ramos haqida fikr bildirdi.

- Serxio ajoyib natijalar ko'rsatmoqda. Bu futbolchi jamoasi uchun maydonda bor kuchini berib o'ynaydi.

Men unda doim yaxshilanishga intilishni ko'raman. Ramos doim ishiga ajoyib munosabatda bo'lgan.

U Kasilyasning Ispaniya terma jamoasidagi o'yinlar soni bo'yicha rekordini yangiladi. Serxio 40 yoshiga qadar o'ynashni rejalashtirmoqda.

Men uni bu ishni qila olishiga ishonaman, chunki u aqlbovar qilmas futbolchidir", - deydi Moreno.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal