Ispaniya Superkubogi. "Real" penaltilar seriyasida g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2023, 02:50
"Real" hamda "Valensiya" o'rtasida o'tkaziladigan Ispaniya Superkubogining yarim final uchrashuvi yakuniga etdi.

Real Madrid – Valensiya 1:1 (pen. seriyasi 4:3)

"King Fahd International Stadium"

Gollar: 1:0 – 39, penalti Benzema, 1:1 – 46 Lino.

Real Madrid – Kurtua, Ryudiger, Militao (Mendi, 74), Nacho, Kroos, Valverde (Sebalos, 105), Kamavinga (Modrich, 46), Vaskes (Karvaxal, 68), Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo (Asensio, 84).

Valensiya – Mamardashvili, Toni Lato (Moriba, 95), Terri Korreyya, Djemert, Ozkadjar, Gayya, Almeyda (Gilyamon, 115), Musa (Fulke, 95), Kavani, Lino (Fransisko Peres, 82), Klyuyvert (Duro, 73).

Ogohlantirishlar: Kamavinga (28), Klyuyvert (31), Djemert (38), Kavani (92), Almeyda (99), Nacho (109).


Seriyada "Qirollik klubi"ning qo'li baland keldi.

Penaltilar seriyasi!

90. Asosiy vaqtda durang qayd etildi. Navbat ekstra taymlarga.

46. Ikkinchi bo'lim boshlnishi bilan Lino qanotdan uzatilgan to'pni erga tushirmay darvozaga yo'lladi va hisobni tenglashtirdi.

39. Eray Kyumart o'z jarima maydonchasi ichida qoida buzdi. Benzema hakam belgilagan penaltini golga aylantirdi! 

1. Uchrashuv boshlandi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia