Ispaniya kubogi. “Valensiya” “Barselona” bilan finalda o'ynaydigan bo'ldi

1 mar 2019, 08:12
Kecha Ispaniya kubogi 1/2 finalining yana bir javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda “Valensiya” jamoasi o'z maydonida “Betis”ni qabul qilib, Rodrigoning 56-daqiqada kiritgan goli evaziga g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.

Endi “Valensiya” finalda “Barselona” bilan o'ynaydi.

“Valensiya” – “Betis” 1:0
Gol: 1:0 – 56 Rodrigo.
Valensiya – Domenek, Gabriel, Gayya, Pichchini, Ronkalya, Vass (Soler, 75), Parexo, Koklen, Gedesh, Gameyro (Diakabi, 85), Rodrigo (Cheryshev, 68).
Betis – Robles, Sidney (Feddal, 84), Mandi, Bartra, Lo Chelso, Kanales, Guardado (Telo, 79), Vilyam Karvalyu, Xese, Gerrero (Moron, 65), Sanches.
Ogohlantirishlar: Gabriel (41), Domenek (85), Sanches (90).
Birinchi o'yin: 2:2

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia