Ispaniya Chexiyaga qarshi ayollar terma jamoasi libosining dizaynidagi formada maydonga tushadi

Оқил Абдубарноев
12 iyun 2022
12 iyun kuni Malagadagi stadionda Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichida Chexiyaga qarshi bahs olib boradi.

Ispaniya terma jamoasi ayollar futboli libosi dizaynidagi formada maydonga tushadi, deya xabar bermoqda terma jamoa matbuot xizmati. Bu qaror ayollar jamoalari o'rtasidagi bo'lajak Yevropa chempionatini qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

2022 yilgi ayollar o'rtasidagi Yevropa chempionati 6-31 iyul kunlari Angliyada bo'lib o'tadi. Ispaniya terma jamoasi Germaniya, Daniya va Finlyandiya bilan bir guruhdan joy oladi.

Eslatib o'tamiz, rasmiy o'yinda ayollar libosi dizaynida ilk bor Germaniya terma jamoasi futbolchilari maydonga tushishgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN