

Bellashuvda Ruis hisobni ochgan bo'lsa, oradan 9 daqiqa o'tib Laport muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'limda Bakambu va Adrian gol kiritib, jamoasining ishonchli g'alabasini taminlashdi.
Ispaniya chempionati.
31- tur
Vilyarreal – Atletik 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 17 Ruis, 1:1 – 20 Laport, 2:1 – 47 Bakambu, 3:1 – 58 Adrian.
Vilyarreal – Fernandes, Musakko, Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Kastilexo (Adrian, 37), Soriano, Trigeros, Soriano, Bakambu (Sansone, 72), Soldado (Alvaro Gonsales, 76).
Atletik –Arrisabalaga, Inigo Lekue (Muniain, 59), Laport, Yeray Alvares, De Markos, Raul Garsiya, San Xose, Inyaki Uilyams (Susaeta, 81), Benyat (Iturraspe, 58), Balensiaga, Aduris.
Ogohlantirish: Benyat (22), Laport (25), Bakambu (53), Soriano (53), Mario Gaspar (64), Soriano (74), Iraysos (76), Fernandes (90), Sansone (90).
Chetlatish: Ruis (74).



