

Uchrashuvning 29-daqiqasida Rodrigo Moreno “ko'rshapalaklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda, aniqrog'i 56-daqiqada Sharlesning penaltidan kiritgan goli evaziga muvozanatni tiklashdi-1:1.
“Valensiya” La Ligada 16 turdan so'ng 19 ochko bilan 14-o'rinni egallab turibdi. Ulardan bir ochko ko'p to'plagan “Eybar” esa 13 pog'onadan joy olgan.



