

Jarohatlangan Inesta va Busketsdan tashqari mazkur bellashuvni Suares, Maskerano, Alba singari jamoaning yetakchi futbolchilar zaxirada qoldirildi.
Shunga qaramay kataloniyaliklar principial raqibi ustidan yirik g'alabani tantana qildi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida Neymarning ajoyib pasidan keyin Pako Alkaser La Ligada “Barsa” tarkibida ilk golini kiritdi. 40-daqiqada “Barsa” sardori Lionel Messi o'tkir burchak ostida belgilangan jarima to'pini qoyilmaqom tarzda raqib darvozasiga aniq yo'lladi. 67-daqiqada Aleish Vidal raqib himoyachilarni ajoyib tarzda aldab o'tib,o'yinga nuqta qo'ydi – 3:0.
Ispaniya chempionati, 21-tur.
“Barselona” – “Atletik” 3:0
Gollar:1:0 – 18 Pako Alkaser, 2:0 – 40 Messi, 3:0 – 67 Aleish Vidal.
“Barselona”: Ter Shtegen, Pike (Maskerano, 46), Mate, Umtiti, Aleish Vidal, Rafinya (Rakitich, 54), Turan, Andre Gomesh, Messi (Serji Roberto, 64), Pako Alkaser, Neymar.
“Atletik”: Iraysos, Inigo Lekue (Aduris, 52), Balensiaga, Yeray Alvares, De Markos, Iturraspe, San Xose (Benyat, 59), Muniain, Raul Garsiya (Eraso, 74), Inyaki Uilyams, Laport.
Ogohlantirish:Pike (22), Iturraspe (27), De Markos (34), Laport (70).





